«Qimorboz» uchun «Real» ham kurashadi

«Qimorboz» uchun «Real» ham kurashadi

Ispan nashrlariga ko‘ra, madridliklar «Brentford» forvardi Eyvan Touni uchun kurashga qo‘shilishga qaror qildi. 27 yoshli hujumchi futbol uchrashuvlariga pul tikib, qimor o‘ynagani sababli 8 oyga futboldan chetlatilgan edi.

Yanvar oyi 17-sanasida uning diskvalifikasiyasi yakunlanadi. Ayni paytda Touniga APLning bir necha grand klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, o‘yinchi hali bir qarorga kelgani yo‘q. Futboldan uzoq muddat chetda yurgani bois, hozirgi sport formasi qay daraja ekanini hech kim bilmaydi. Shuning uchun ham Touni ma’lum muddat «Brentford»da to‘p tepish variantini tanlashga moyil bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!