— Bir oy oldin erim bilan rasman ajrashdik. Sudda kelin bo‘lib tushgan xonadonimda yashash va foydalanish huquqi berildi. «O‘g‘lim bilan bizga ajratilgan ikki xonaga kirib yashaymiz», desak qaynopam to‘sqinlik qilyapti. Kunora eshik qulfini o‘zgartiradi. Bu vaziyat yuzasidan sudga shikoyat qilishim mumkinmi? Moddiy ahvolim yaxshi bo‘lmagani uchun davlat bojini kechiktirish, javobgardan undirishni so‘rasam bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi.
Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Lola O‘TANBOYEVA javob berdi:
— Fuqarolik prosessual kodeksining 16-moddasiga ko‘ra “Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda ko‘rib chiqilmagan va hal etilmagan bo‘lsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Nizo sudda ko‘rib chiqilganligi sababli siz mazkur qarorning ijrosi yuzasidan xududiy MIBga murojaat qilishingiz lozim.
“Sud xujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish to‘g‘isida”gi Qonun va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1981-moddasiga asosan Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Savolingizning ikkinchi qismiga kelsak, Fuqarolik prosessual kodeksining 133-moddasiga ko‘ra davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.