Qatar Isroil vayron qilgan G‘azodagi uylarni qayta tiklab bermoqchi

Qatar Isroil vayron qilgan G‘azodagi uylarni qayta tiklab bermoqchi

XAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Qatar Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga qilgan so‘nggi hujumlarida vayron bo‘lgan uylarni qayta qurishga va’da berganini ma’lum qildi.

Xoniya idorasidan berilgan yozma bayonotda, Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad Abdurrahman al-Toniy qayta qurish operasiyalariga ruxsat berganligi bildirildi.

Bayonotda Qatarning qo‘llab-quvvatlaganini olqishlagan XAMAS rahbari Xoniya qayta qurish jarayoni Qatarni qayta qurish qo‘mitasi orqali amalga oshirilishini qayd etdi.

Falastinning G‘azodagi Mehnat va qarorgoh vaziri o‘rinbosari Naciy Sarxan Isroilning G‘azoga uyushtirgan so‘nggi hujumlarida 18 uyning butunlay vayron bo‘lganini, 71 uyning yaroqsiz holga kelganini, 1675 uyning esa zarar ko‘rganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni Isroilning G‘azoga hujumi boshlandi. Janubdagi qo‘shinlarini kuchaytirgan Isroil armiyasi 5 avgust, juma kuni G‘azo sektorining Islomiy Jihodga tegishli ekanini da’vo qilgan ba’zi nuqtalariga hujum uyushtirdi.

Uch kun davom etgan hujumlar natijasida, ayollar va bolalardan iborat 49 nafar falastinlik tinch aholi vakillari hayotdan ko‘z yumdi. G‘azodan Isroil tomon yuzlab raketalar otildi, ammo Isroilda qurbonlar yo‘q.

7 avgust, yakshanba oqshomida Misr vositachiligida tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!