Qashqadaryolik 22 yoshli yigit telegramda "onlayn savdo" orqali firibgarlik qildi

Qashqadaryolik  22 yoshli yigit telegramda "onlayn savdo" orqali firibgarlik qildi


Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) A.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 22 yoshli YO.A. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, YO.A., A.F. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, A.F. o‘zining qizi uchun buyurtma qilgan kiyimlarni yetkazib berishni va’da qilgan va oldindan plastik kartasiga 3.000.000 miqdoridagi pullarni o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, YO.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!