Qashqadaryoda o‘quvchi musht ushirgan "zamdirektor" shifoxonada ekanligi aytildi

Qashqadaryoda o‘quvchi musht ushirgan "zamdirektor" shifoxonada ekanligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Shahrisabz shahridagi 10-sinf o‘quvchisi, o‘qituvchisini kaltakladi» mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:

VOQEA TAFSILOTI:
2024 yil 19 fevral kuni shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 11:00 atrofida, Shahrisabz shahridagi 1-sonli umumiy-o‘rta ta’lim maktabida, maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.SH. tan shikasti olib, shahar Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2024 yil 19 fevral kuni soat 10:00 larda, direktor o‘rinbosari SH.K. shu maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 13.12.2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan B.G. ga qor o‘ynamasligi, maktabdagi tartibga rioya qilib, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashini talab qilganida, maktab o‘quvchisi J.B. direktor o‘rinbosari SH.K. ni talabini bajarmagani uchun, SH. K. maktab o‘quvchisini J.B.ni o‘zining xonasiga olib kelib, unga tanbeh berib turganida, maktab o‘quvchisi J.B. to‘satdan SH.K. ni yuz va boshqa tana-a’zolariga qo‘li bilan urib, unga tan shikast yetkazgani va oqibatda SH.K. shifoxonaga yotqizilgani, hozirda shifoxonada yotib davolanayotganini ma’lum qilamiz.

❗️Holat Shahrisabz shahar IIB nazoratiga olingan bo‘lib, kelgusida tergovga qadar surishtiruv yakuniga asosan xulosa qabul qilinishi ma’lum qilindi.

✔️Bundan tashqari ta’lim muassasida pedagog muhitni sog‘lomlashlashtirish borasida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tizimli tashviqotlar amalga oshirilmoqda.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!