Qashqadaryoda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

Qashqadaryoda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

⚡️2022 yil 26 noyabr kuni soat 00:40 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar hududidan o‘tuvchi 4P-87 "Qarshi-Samarqand" avtomobil yo‘lining 51-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX va boshqa sohaviy xizmat xodimlari hamkorligidagi tekshiruvlar davomida haydovchi G.SH. boshqaruvidagi "Man" rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yukxonasida 13,700 qutida jami 822,000 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

📄Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqaro G.SH. va pirotexnika vositalari Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasiga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!