Qashqadaryoda «metan» cheklovi yengillashdi

Qashqadaryoda «metan» cheklovi yengillashdi

16 yanvardan Qashqadaryo viloyatida metan gaz quyish shoxobchalardagi cheklov vaqtincha bekor qilindi. «Zapravka»lar kechgi paytda ham ishlamoqda.

«Ob havoning mo‘tadillashgani sababli viloyatda gaz cheklovi vaqtincha bekor qilindi. Agar kunlar soviydigan bo‘lsa, yana cheklov joriy qilinishi mumkin», - dedi «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xodimi.

Avvalroq, kunlar sovishi natijasida respublika bo‘yicha metan «zapravka»larda kechgi 15:00dan ertalab 05:00ga qadar cheklov joriy etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!