Qashqadaryoda lift shaxtasidan jasadi topilgan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qashqadaryoda lift shaxtasidan jasadi topilgan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xodimi lift shaxtasidan o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgan edi.

SSV Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan dastlabki tezkor o‘rganishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, marhuma R.S. 1987 yilda tug‘ilgan, 2024 yil 10 maydan filialning 2-jonlantirish bo‘limida orastabon vazifasida ishlab kelgan.

U joriy yil 3 avgust kuni ertalab navbatchilik qilish uchun shifoxonaga kelgan. Biroq ish boshlamasdan noma’lum sabablarga ko‘ra bo‘limdan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. So‘ng navbatchilik qilishi kutilgan bu xodim bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagach, markaz rahbariyati va yaqinlari xabardor qilingan.

4 avgust kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida filial binosidagi ishlab turgan lift shaxtasidan marhumaning jasadi topilgan va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!