Qashqadaryoda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga tushdi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining tarix va boshlang‘ich ta’lim fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tuman pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari SH.Q. fuqaro N.ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!