Qashqadaryoda hojatxona qaziyotgan aka-uka tuproq ostida qoldi

Qashqadaryoda hojatxona qaziyotgan aka-uka tuproq ostida qoldi

17 fevral kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan «Karvon» savdo majmuasi hududida hojatxona uchun chuqur qaziyotib, tuproq ostida qolib ketgan aka-ukalar qutqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro A.I.ni qutqarib olgan. Tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 yilda tug‘ilgan A.I. esa hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!