Qashqadaryoda gaz zapravka 752 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryoda gaz zapravka 752 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Adiba" MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shoxobcha haqiqiy iste’mol qilgan elektr energiyasi sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib ko‘rsatib kelgan. Shuningdek, shoxobcha o‘ziga tegishli transformatorni o‘zboshimchalik bilan (elektr ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan) almashtirgan.

Oqibatda hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 752 million so‘m miqdorida qayta hisob amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 8,3 mingta xonadonning bir oylik iste’moli hisoblanadi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

“Ayni kunlarda vazirlik ishchi guruhi tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!