Qashqadaryoda bemordan pul talab qilgan tibbiyot xodimlari ishdan olindi

Qashqadaryoda bemordan pul talab qilgan tibbiyot xodimlari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokorining ta’magirlik qilayotgani aks etgan videolavha e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni zudlik bilan o‘z nazoratiga olib, zarur chora-tadbirlarni belgiladi.

Xususan, tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi X.G. va doya N.N. ishdan bo‘shatilib, to‘plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etildi.

Ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!