Qashqadaryoda 6 ta fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
G‘uzor tumanidagi 5 ta fermer xo‘jaligi – “X.“ 94 mln 608 ming so‘m (210 240 kVt•soat), “Y.“ 93 mln 900 ming so‘m (208 667 kVt•soat), “T. B.“ 81 mln 700 ming so‘m (181 556 kVt•soat), “SH. B.” 75 mln 300 ming so‘m (167 334 kVt•soat), “J. B. M.“ 52 mln 492 ming so‘m (116 649 kVt•soat) hamda Koson tumanidagi “O.X.“ 95 mln 200 ming so‘m (211 556 kVt•soat) fermer xo‘jaliklariga qarashli suv nasoslari shartnomasiz ravishda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga jami 493 mln 200 ming so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 5 480 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.