Qashqadaryo viloyatida qor yog‘di

Qashqadaryo viloyatining baland Hisor tog‘liklarida qor yog‘ib o‘tdi.
Bugun ayni daqiqalarda (18.30 holatiga) O‘zgidrometning Qashqadaryoda joylashgan dengiz sathidan 2 km va undan biroz yuqoridagi «Ko‘l» va «Mingchuqur» kuzatuv punktlarida havo harorati +8 ÷ +9°C iliq kuzatilmoqda.
Kecha tunda stansiyalarda minimumlar +4 +5 darajagacha pasaygan.
Hisor tog‘ tizmasi dengiz sathidan 4.5 km gacha yuqori tog‘likdan iborat ekanligi inobatga olinsa, tabiiyki oyning so‘ngi kunlarida yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib, qor yog‘ish haroratida qor yoqqan bo‘lishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)