Qarshidagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi

Qarshidagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlanish kuzatilganligi xususida xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 sentyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo‘limiga Qarshi shahar, “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.SH. o‘tkir diariya tashhisi bilan yotqizilgan.

Epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, ko‘ngil aynish, holsizlik, isitma ko‘tarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.

Shuningdek, xatda SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi bo‘limga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!