Qarshida fuqaro «Lasetti»ga o‘t qo‘ydi

Qarshida fuqaro «Lasetti»ga o‘t qo‘ydi

Qarshi shahri «Mustaqillik» MFYdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqaro D.S. ham «Lasetti» avtomashinasini o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uy oldiga qo‘yib, ichkariga kirib ketgach, yarim tunda mashinada yong‘in sodir bo‘ldi. Holatni shu atrofda suhbat qilib o‘tirgan fuqarolar ko‘rib qolgan va avtomashina egasi bilan yong‘in o‘chirildi.

Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini o‘tkazgan Qarshi shahar IIOFMB, viloyat IIB PPX va JTSB PPX batalyoni va Milliy gvardiya xodimlari gumonlanuvchini ushlashdi.

Uning shaxsiga aniqlik kiritilganida, «Otchopar» MFYda yashovchi M.I. ekani ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!