Qarishga qarshi yangi texnologiya ishlab chiqildi

Qarishga qarshi yangi texnologiya ishlab chiqildi

Janubiy Koreyaning Ulsan milliy fan va texnologiya instituti olimlari qarishga qarshi kurashuvchi yangi texnologiyani ishlab chiqdi.

Mazkur texnologiya yoshga bog‘liq kasalliklarni davolash va qarigan hujayralarni sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan tanlab olib tashlashga asoslanadi.

Ma’lumki, qarigan hujayralar odamlarda yoshga bog‘liq kasalliklar yuzaga kelishiga turtki beradi. Olimlar yangi tadqiqotda qarigan hujayralar membranalarida haddan tashqari ekspressiyaga uchragan reseptorlarni tanlab nishonga oladigan organik molekulalarni yaratishdi.

Ushbu molekulalar disulfid aloqalarini ta’minlash va oligomerlarni yaratish uchun qarigan hujayralardagi yuqori darajadagi reaktiv kislorod turlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, oligomerlar mitoxondriyal membranalar bilan bog‘lanib, ularni bartaraf etadigan a-spiral shaklida ikkilamchi tuzilishga ega bo‘lgan sintetik oqsillarda yig‘iladi, deb xabar beradi lenta.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!