Qarg‘aga 32 tilda gapirishni o‘rgatgan o‘zbekistonlik yigit 27 yoshida olamdan o‘tdi

Qarg‘aga 32 tilda gapirishni o‘rgatgan o‘zbekistonlik yigit 27 yoshida olamdan o‘tdi

Surxondaryolik hayvon o‘rgatuvchi, o‘ziga tegishli qarg‘aga ko‘plab tillarda gapirishni o‘rgatgan Shodibek Choriyev 27 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daryo»ga uning oila a’zolari ma’lum qildi.

Yigit 9 oktyabr kuni olamdan o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u biriktiruvchi to‘qima diffirensiallashmagan diffuz kasalligi, kardit, gepatit va boshqa bir qancha kasalliklardan aziyat chekib kelgan.

Shodibek 1991 yili Surxondaryoning Sherobod tumanida tug‘ilgan. U O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Gosha laqabli 32 tilda so‘zlashuvchi qarg‘asi bilan mashhurlikka erishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!