Qanday qilib Finlyandiya dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimiga ega bo‘ldi?

A A A
Qanday qilib Finlyandiya dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimiga ega bo‘ldi?

Tashqarida.Uz telegram kanalida dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri Finlyandiyadagi ta’lim mo‘’jizasi haqida maqola e’lon qilindi. Ushbu maqolani to‘lig‘icha e’tiboringizga havola qilamiz:

Evropaning ko‘plab davlatlarida bo‘lib, shu paytgacha Shimoliy Yevropani ko‘rish nasib qilmagandi. 2019 yil oxirida ushbu mintaqaning o‘z maqomiga eng katta qiyinchiliklar bilan erishgan mamlakati — Finlyandiyaga safar qilish imkoni tug‘ildi. Safar bo‘lganda ham Finlyandiyani hozirgi darajaga chiqarishda lokomotiv vazifasini o‘tagan ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish mumkin bo‘ldi.

Uzoq vaqt Shvesiya mustamlakasi bo‘lgan, keyin Rossiya imperiyasi tarkibidagi avtonomiyaga aylangan va 1917 yilga kelibgina mustaqillikka erishgan Finlyandiya keyinchalik ushbu mustaqillikni saqlab qolish uchun SSSR bilan urushlarda hududining 10 foizini va 100 mingga yaqin askarni qurbon bergan, shuningdek tashqi siyosatini SSSR ruxsati bilan olib borgan.

Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda ichki mustaqilligini saqlab qolish evaziga hozirga kelib dunyoning eng ilg‘ori mamlakatlaridan biriga aylangan. Mamlakat uzoq vaqt mustamlaka bo‘lgani suratdan bilinib turadi: Xelsinkini bir qarashda Sankt-Peterburg yoki Polsha shaharlaridan ajratish qiyin. Siyrat esa boshqacha.

Qanday bunday bo‘ldi deysizmi? Yaqinda dunyo jamoatchiligini hayratga solib bosh vazirga aylangan Sanna Marin buni Finlyandiyaning hammaga teng imkoniyatlar taqdim etuvchi ta’lim tizimida deb izohlagan. O‘sha mashhur suratdagi Finlyandiya hukumati tepasidagi besh yosh ayol koalisiyasi vakillaridan biri — ta’lim vaziri Li Andersson ham o‘zaro suhbatda fin ta’lim tizimisiz bunday bo‘lishi imkonsiz ekanini, zero uning o‘zi ham etnik kamchilik, sobiq mustamlakachi shvedlar vakili hamda o‘rtahol oiladan ekanligini aytgandi.

Uning aytishicha, aslida Finlyandiya ta’lim tizimi ham boshqa davlatlarnikidan farq qilmasdi, ta’lim yodlab o‘rganishga asoslangan va qattiq standartlashtirilgan edi. Aynan 1960 yillar oxiriga kelib ta’lim sohasida boshlangan tizimli islohotlar 2000 yillardan boshlab Finlyandiya ta’lim ko‘rsatkichlari dunyoda eng yuqorilardan biriga aylanishiga olib keldi.

Finlar birinchi navbatda maktablarni kichik jamiyatlarga aylantirishga harakat qildi va buni ta’milash uchun uning quruvchilari — o‘qituvchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratdi. O‘qituvchilarni tayyorlash uchun uch yillik bakalavr va ikki yillik magistratura darajasidan iborat jami 5 yillik dastur joriy qilindi, o‘qituvchi bo‘lish uchun magistratura darajasiga ega bo‘lish majburiy qilib qo‘yildi.

Pedagogika yo‘nalishiga eng qiyin qabul joriy qilingan bo‘lib, hujjat topshirganlarning 10 foizigina sinovdan o‘ta oladi. Ya’ni bu qayerga topshirishni bilmaganidan topshirib kirib ketadigan yo‘nalish emas, balki yuridik yoki iqtisodiy soha kabi eng nufuzli yo‘nalishlardan biri. 30-40 yil davomida uzluksiz o‘ta yuqori darajali o‘qituvchilar tayyorlanishi natijasida mamlakatning barcha maktablari elita darajasidagi o‘qituvchilar bilan to‘ldi.

Har tomonlama yuksak malakali o‘qituvchilar borligi maktablarga avtonomiya berish imkoniyatini hosil qildi. Endi ta’lim vazirligi qat’iy standartlar berib, ularga amal qilishni so‘ramaydi, o‘qituvchilar berilgan tavsiyalar bo‘yicha harakat qilib, o‘z o‘quvchilarining xususiyatlaridan kelib chiqib dars jarayonini tashkillashtirishga o‘tdi.

Minglab varaqlik o‘quv dasturlari o‘rnini ham 10 varaq atrofidagi umumiy tavsiyalar egalladi. O‘qituvchilar endi berilgan standartlarni qat’iy joriy qiladigan texnik xodimlar emas, balki vaziyatni tahlil qilib harakatlanadigan qaror chiqaruvchilarga aylandi. O‘qituvchilarning malakasiga ishonch shunchalik kattaki, darsliklar uchun ham umummilliy standartlar bekor qilingan — o‘qituvchilar o‘zlarining va o‘quvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib darslik tanlaydi.

Finlyandiyaga o‘quvchilar maktabdagi butun davri davomida faqatgina bitta majburiy imtihon topshiradi — o‘rta maktab oxirida. Boshqa barcha imtihonlar o‘qituvchilarning ixtiyoriga havola. O‘quvchilar o‘rtasida ham, maktablar o‘rtasida ham reytinglar umuman yo‘q. O‘zlashtirishi sekin yoki imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga individuallashtirilgan dastur taqdim etiladi va ularning boshqalarga yetib olishi ta’minlanadi.

Finlyandiya ta’lim tizimi o‘qitish va o‘rganish jarayonini doimiy tahlil qilish va uning natijalarini amalda joriy qilishga asoslanadi. Har bir maktabda o‘qituvchilar haftada kamida yarim kunni ta’lim jarayonini o‘zaro muhokama qilishga va o‘quv dasturini uning natijalarini moslashtirishga sarflaydi. Bir hududdagi maktablar ham o‘zaro maslahatlashib turishadi, eng muvaffaqiyatli tajribalar mamlakat bo‘ylab tarqaladi.

Ya’ni, Finlyandiya boshqa mamlakatlar singari turli innovasiyalarni birdaniga mamlakat miqyosida joriy qilishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa bir necha yildan keyin buni takrorlash yo‘lidan ketmagan. U yerda bu doimiy tirik jarayon — nima yaxshi ekanligini maktablarning o‘zlari hal qiladi.

Bu tizim ishlashiga maktablarning o‘zaro tengligi katta hissa qo‘shadi — mamlakatda katta maktablar mavjud emas: barcha maktablarda o‘quvchilar soni o‘rtacha 300 nafar atrofida bo‘lishga harakat qilinadi. Bu hamma maktablarga bir xil munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Bir sinfdagi o‘quvchilar soni ham 20 nafardan oshmaydi.

Finlyandiyadagi maktablarda o‘qituvchi doska oldida turib 45 daqiqa mavzuni tushuntirishiga deyarli guvoh bo‘lmaysiz. O‘quvchilar o‘zaro kelishilgan reja bo‘yicha mavzuni o‘zlari mustaqil o‘rganadi, dars paytida esa kimdir o‘qib o‘tirganini, kimlardir guruhga bo‘linib muhokama qilayotganini, boshqalar o‘qituvchiga savollar berayotganini ko‘rish mumkin.

Rivojlanayotgan davlatlar Finlyandiya tajribasiga qaraganda bir jihatga katta e’tibor qaratishlari lozim — ya’ni nimadir o‘rganmoqchi bo‘linsa, Finlyandiya ta’lim tizimining hozirgi holatdan emas, 50-60 yil oldingi holatiga va o‘sha davrlardagi muammolarni yechish uchun qaysi bosqichlarni bosib o‘tganiga qarashi lozim. Zero biz hozir aynan o‘sha holatdamiz.

Manba: sof. uz

 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

Eron uran zaxiralarini Xitoyga eksport qilishga rozi bo‘ldi

Саудиянинг Al Hadath телеканали юқори мартабали манбаларга таяниб хабар беришича, Эрон юқори даражада бойитилган уран захираларини Хитойга топшириш шарти билан уларни ўз ҳудудидан олиб чиқишга тайёр.

Lavrov Rubioga Rossiyaning Kiyevga rejalashtirilgan hujumlari haqida xabar berdi

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазирлиги баёнотида айтилган.

Rossiya Ukrainadagi xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.