Qanday haroratda koronavirusning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi

Qanday haroratda koronavirusning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi

Havo harorati hamda boshqa ob-havo omillari haqiqatan ham yangi koronavirusning tarqalishiga ta’sir qiladi. ScienceDaily ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiyaning tarqalishi amerikalik olimlar tomonidan aniqlanishicha, + 11 darajada sekinlashadi.

Mutaxassislar yanvar oyining oxiridan aprel oyining oxirigacha Qo‘shma Shtatlardagi COVID-19 kasalligi va uning havo harorati, yog‘ingarchilik va ultrabinafsha nurlanish bilan o‘zaro bog‘ligi haqida kunlik ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirusning iliq ob-havo sharoitida tarqalishi sovuq ob-havoga qaraganda ancha past. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, havo namligi va yog‘ingarchilik epidemiologik vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ultrabinafsha nurlanishining yuqori darajasi esa yangi holatlarning o‘sish sur’atini pasaytirishga yordam beradi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!