“Qamchiq” dovonida YTHga uchragan ikkita yuk mashinasiga yordam ko‘rsatildi

“Qamchiq” dovonida YTHga uchragan ikkita yuk mashinasiga yordam ko‘rsatildi

Kuni kecha “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in–qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lining 233,7 km.da “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yo‘l qoidalariga amal qilmasligi natijasida yo‘l o‘rtasidagi metall to‘siqqa qisilib qolganligi bo‘yicha xabar kelib tushadi.

Bundan tashqari, yana bir yuk mashinasining boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketganligi to‘g‘risida murojaat qabul qilindi. U, Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli “DAF” rusumli yuk mashinasi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Ikki holatda ham hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan: deyilda FVV xabarida

Mazkur xabar yuzasidan, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish, xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida, “Qamchiq” dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 20 dan ortiq xodimlar, “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining 10 dan ortiq qutqaruvchilari va 5 ta maxsus texnikalar voqea joyiga yetib bordi.

Maxsus asbob-anjomlar yordamida metall to‘siqlar kesib olinib, ikkala yuk mashinalari ham xavfsiz hududga evakuasiya qilinib yo‘l harakatlari qayta tiklandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!