Qamashida magistral ichimlik suvi quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi

Qamashida magistral ichimlik suvi quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “C.B.S” MCHJ rahbari I.B. “Sovsantepa” MFY hududidagi MCHJga qarashli issiqxonani “Shahrisabz-Qarshi” magistral ichimlik suvi quvuriga noqonuniy ulab, 237.5 mln so‘mlik ichimlik suvini sarflab, “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!