Qalbga xotirjamlik beruvchi 6 oyat

A A A
Qalbga xotirjamlik beruvchi 6 oyat

Qalb xotirjamligisiz baxt-saodatga erishish mushkul. Toki kishi g‘am-qayg‘u, tashvish va vahimada yurar ekan, notinch qalbi osoyishtalikni istaydi. Jadallashib borayotgan bugungi hayotimizda ko‘plab muammoyu kechinmalarga duch kelamiz. Butun fikru xayolimiz tashvishlarga ko‘milgani sabab, xuddi toza havo singari tinchlik-xotirjamlikka ehtiyoj sezamiz.

Arab tilidagi sakina so‘zi sakana fe’lidan olingan bo‘lib, tinchlik, osoyishtalik, xotirjamlik, sokinlik ma’nolarini bildiradi. Istilohdagi ma’nosi esa iymoni komil bandaga Alloh taoloning marhamati o‘laroq beriladigan qalb xotirjamligidir. Buning natijasida banda o‘z e’tiqodini mustahkamlashga intiladi. Har kimning qalb sokinligi har xil holatga ko‘radir. Kimdir moddiy jihatdan mustaqil bo‘lganida, yana kimdir muayyan ijtimoiy mavqega ega bo‘lganida. Ammo xotirjamlik ichki ruhiy holatdir. Kimdir ozrog‘i bilan baxtiyor bo‘lsa, kimgadir esa qancha bo‘lsa, shuncha kam. Chin ko‘ngil osoyishtaligiga esa faqat Alloh taologa yuzlanish bilan yetishiladi. Shariat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda hayot kechirib, xotirjamlikka erishish mumkin. Allohning marhamati shunchalar kengki, odamzotni ham ruhiy, ham jismoniy foyda bo‘lgan narsalarga targ‘ib qildi. Qalbingizdagi kechinmalarning barchasini, hattoki eng maxfiy sirlarni ham yagona Allohgina bilguvchidir. Ko‘ngilning nimadan xastaligiyu, davosi nimada ekani ham yolg‘iz O‘zigagina ayon. Axir shu qalbning yaratguvchisi U bo‘lgach, yana kimga iltijo qilamiz?

Alloh taolo Qur’onda: Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? deb marhamat qilgan (Ra’d surasi, 28-oyat). Ko‘ngil xotirjamligi Allohning zikri ila boshlanadi. Chunki Allohning zikri ikki dunyo saodatiga eltuvchi vositadir. Qalbning davosi muqaddas Qur’oni karimdir. Qur’on qiroatida bardavom bo‘lguvchi kishining ruhi va tanasi shifo topadi.

Alloh taolo Qur’oni karimda: u iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir deya marhamat qilgan (Fussilat surasi, 44-oyat). Qur’on musulmonlarga Allohning rahmati sifatida nozil bo‘lgan. Uni qiroat qiluvchi banda Allohga yanada yaqinlashib, itoatida ruhining osoyishtaligini topadi, ko‘ngli yumshaydi, iymoni mustahkamlanadi. Toki banda Allohga tavakkulda ekan, oyatlarini o‘qib, ularga amal qilishga intilar ekan, unga na tashvish va na xafagarchiliklar yaqinlasha olmas. Islom ulamolari Qur’onda sakina haqidagi bir necha oyatlarni keltirib, ularni doimiy o‘qib yurish bandaning umri hamda ko‘ngil xotirjamligini ta’minlaydi, deydilar.

1. Nabiylari ularga: Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmog‘idir, unda xotirjamlik va Muso hamda Xorun ahlidan qolgan qoldiq bo‘lib, farishtalar ko‘tarib kelur. Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor , dedi (Baqara surasi, 248-oyat).

2. So‘ngra Alloh sokinligini Payg‘ambariga va mo‘minlarga tushirdi hamda siz ko‘rmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o‘sha, kofirlarning jazosidir (Tavba surasi, 26-oyat).

3. Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo‘lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g‘orda turganlarida, u sherigiga: Xafa bo‘lma, Alloh, albatta, biz bilan , dedi. Bas, Alloh uning ustidan O‘z sokinligini nozil qildi va siz ko‘rmagan lashkarlar bilan qo‘lladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa o‘zi yuqori. Alloh g‘olib va hikmatli Zotdir (Tavba surasi, 40-oyat).

4. U iymonlariga iymon ziyoda bo‘lishi uchun mo‘minlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir (Fath surasi, 4-oyat).

5. Batahqiq, Alloh mo‘minlardan daraxt ostida senga bay’at qilayotganlarida rozi bo‘ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi (Fath, surasi 18-oyat).

6. Esla! Kufr keltirganlar qalblarida hamiyyat ni, johiliyat hamiyyati ni joylaganlarida, Alloh o‘z sokinligini Payg‘ambariga va mo‘minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko‘rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir (Fath surasi, 26-oyat).

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim агентлиги хабарига кўра, Эроннинг Лористон вилоятида Американинг портламай қолган GBU-39 SDB бомбаси шикастланмаган ҳолда мамлакат қуролли кучлари ихтиёрига ўтган.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh fonida Saudiya Arabistonidagi asosiy neft quvuriga hujum qilindi — Financial Times

"Зарба Ҳўрмуз бўғозини айланиб ўтувчи асосий нефт экспорти йўналишига айланган “Шарқ-Ғарб” қувуридаги насос станциясига берилди", дея хабар бермоқда нашр.

Eron hukumati sulhdan bosh tortadi, agar...

Эрон ҳукумати агар Исроил армияси Ливандаги нишонларга ҳужум қилишда давом этса, Қўшма Штатлар ва Исроил билан икки ҳафталик сулҳга содиқ қолиш мажбуриятини бажаришдан бош тортади.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.