Qalbaki 10 000 AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Qalbaki 10 000 AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.O. fuqaro M.N.ga qalbaki 10 000 AQSh dollarini 85 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 27 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!