Putinning korteji qay darajada himoyalangan?

Putinning korteji qay darajada himoyalangan?

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kortejiga Pansir zenit-raketa majmuasi (havo hujumidan mudofaa vositasi sifatida foydalaniladi) hamrohlik qiladi. Bu haqda rossiyalik siyosatshunos Stanislav Belkovskiyga tayanib, UNIAN xabar berdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Moskvada havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya prezidenti o‘tirgan avtomobilni dronlarning ehtimoliy hujumidan himoya qiladi.

“Rossiya prezidenti allaqachon Pansir havo mudofaa tizimi hamrohlik qilgan kortejda harakatlanadi. Mazkur tizim kortejga ehtimoliy dron hujumining oldini oladi”, — deydi Belkovskiy.

Uning ta’kidlashicha, Putin korteji ikkita Aurus avtomobilidan (Rossiya prezidenti safari uchun maxsus ishlab chiqilgan mashina) iborat.

“Putin qaysi mashinada harakatlanayotgani noma’lum bo‘lishi uchun ikkita Aurus’da yuradi. Lekin bu davlatlar rahbarlari uchun odatiy amaliyot. U hozipda ikkita tank, shahar bo‘ylab Pansir nazoratidagi kortejda harakatlanadi”, — deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!