Putin va Si Szinpinning bayonoti AQShni xavotirga soldi

Putin va Si Szinpinning bayonoti AQShni xavotirga soldi

Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi strategik ittifoq kuchayib borayotgani, bu esa G‘arb uchun yaxshilik keltirmasligi aytildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti chog‘ida aytilgan jahon sahnasida birlashgan front to‘g‘risidagi bayonoti Qo‘shma Shtatlarda xavotir uyg‘otdi. Bu haqda “The Washington Times” gazetasi uchun Bill Gers yozgan.
“Si Szinpin va Putin xalqaro demokratiya va suverenitetga tahdid soluvchi yangi dunyo tartibini yaratishga harakat qilmoqda”, degan AQSh senatori Marshi Blekbern. Gazeta uning shu so‘zlarini keltirgan.
Maqolada qayd etilishicha, harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi kapitani va Tinch okean flotining razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jim Fannell ikki yetakchi o‘rtasidagi uchrashuv Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi strategik ittifoq kuchayib borayotganini ko‘rsatganini ta’kidlagan, bu esa G‘arb uchun yaxshilik keltirmasligi aytilgan.
“Muhim strategik ta’sir shundan iboratki, yangi alyans AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi ikki frontda qarama-qarshilik ko‘rsatish yoki urush va’da qiladi”, deyiladi nashrda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har qanday darajadagi amerikalik rahbarlar “bir vaqtning o‘zida ikkita teatrda” urush olib borishlari uchun “sovuq urush” standartiga qaytish vaqti keldi.
Payshanba kuni Samarqandda SHHT sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Rossiya rahbari G‘arbning bir qutbli dunyo yaratishga bo‘lgan urinishlarini tanqid qildi. Uning xitoylik hamkasbi Pekin Moskva bilan birgalikda mas’uliyatli jahon davlati namunasini ko‘rsatishga va dunyoni barqaror va ijobiy rivojlanish yo‘liga olib chiqishga tayyorligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!