Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmon tashkilotlarining xalq birligi, millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etib, rossiyalik musulmonlarni Qurbon bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Kreml saytida e’lon qilindi.

“Rossiya musulmonlarini Qurbon bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Musulmonlarning qadimiy diniy ziyoratgohlarga ziyorat qilishlari yakuniga yetgan Qurbon hayiti odamlarni bir-biriga yaqinlashtirish, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalarini qaror toptirish, islom dinining bardavom ma’naviy qadriyatlari teranligini ochib berishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz musulmon ummati hayoti ezgu ishlar va tashabbuslar, madaniyat, ta’lim, ma’rifat sohasidagi yangi tashabbuslar bilan boyib borayotgani quvonarlidir”, — deyiladi tabrik matnida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!