Putin Navalniyni zaharlatmaganini, ammo tirik qolishiga kafolat bermasligini aytdi

Putin Navalniyni zaharlatmaganini, ammo tirik qolishiga kafolat bermasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC News telekanaliga bergan intervyusida Aleksey Navalniyni zaharlashga buyruq bermaganligini aytdi, ammo u muxolifatchi koloniyani tiriklayin tark etishiga kafolat berolmadi.

Unga ko‘ra, sudlangan siyosatchi "boshqa mahbuslar kabi sharoitga ega". Shu bilan birga, Putin Navalniyga "boshqalardan ko‘ra yomonroq muomala qilinmaydi" deb ishontirdi.

Davlat rahbari, shuningdek, Rossiya "siyosiy raqiblarini o‘ldirish bilan shug‘ullanmasligini" ta’kidladi.

"Bizda hech kimni o‘ldirish odati yo‘q", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!