Putin Mishustinni bosh vazir, Medvedevni o‘ziga o‘rinbosar etib tayinladi

Putin Mishustinni bosh vazir, Medvedevni o‘ziga o‘rinbosar etib tayinladi

RF prezidenti farmoni bilan Mixail Mishustin bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini joriy etish va bu lavozimga sobiq bosh vazir Dmitriy Medvedevni tayinlash to‘g‘risida farmon imzolangan.

Ikki farmon ham imzolangan vaqtidan kuchga kirgan.

Dmitriy Medvedev 15 yanvar kuni Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtida o‘zi boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Putin yangi lavozim ta’sis etishi va bu lavozimni Medvedevga taklif etishini bildirdi. RF Xavfsizlik kengashi raisi Vladimir Putinning o‘zi hisoblanadi, Medvedev ushbu tuzilmaning doimiy a’zosi edi.

Hukumat rahbarining iste’fosidan keyin Putin Davlat dumasiga Federal soliq xizmati (FNS) rahbari Mixail Mishustinni hukumat raisi lavozimiga tayinlash taklifini kiritdi. 16 yanvar kuni Davlat dumasi Mishustin nomzodini ma’qulladi. Mishustin Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini yaqin kunlarda taqdim etishini va’da qildi. Qonunchilikka ko‘ra, yangi bosh vazirda yangi hukumat shakllantirish uchun bir hafta muddat bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!