Putin: G‘arb har qanday davlatni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga tayyor

Putin: G‘arb har qanday davlatni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, G‘arb o‘z maqsadlariga erishish uchun har qanday davlatni inqiroz episentriga aylantirishga tayyor.

Bu haqda u MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari rahbarlari bilan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Bizning geosiyosiy raqiblarimiz o‘z maqsadlaridan kelib chiqib, hammani, har kimni, istalgan davlatni fosh qilishga, uni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga, rangli inqilobni qo‘zg‘atishga va qonli qirg‘inni boshlashga tayyor”, — dedi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu bir necha marta sodir bo‘lgan.

Unga ko‘ra, G‘arb o‘tmishga yopishib olgan va xalqaro munosabatlardan tortib, iqtisodiyot, madaniyat va sport kabi barcha sohalarda dikta siyosatini olib borishga harakat qilmoqda.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, shu yo‘l bilan G‘arb yangi muammolar va yangi inqirozlarni keltirib chiqaradi, hech qanday usullardan qochmaydi, rivojlanishning suveren yo‘lini tanlagan mamlakatlarga bosim o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!