Putin Erdo‘g‘anni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Putin Erdo‘g‘anni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya davlatining amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda 28-may, yakshanba kuni Kreml matbuot xizmati.

“Aziz do‘stim, Prezidentlikka qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Saylovdagi g‘alaba Turkiya Respublikasi rahbari sifatidagi fidokorona mehnatingizning tabiiy natijasi, davlat suverenitetini mustahkamlash va mustaqil tashqi siyosat yuritish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni turk xalqi qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin dalili bo‘ldi. Biz sizning do‘stona Rossiya-Turkiya munosabatlarini, turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz”, — deyiladi xabarda.

Putin, shuningdek, ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

“Biz rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarni, birinchi navbatda, Akkuyu atom elektr stansiyasini qurish va Turkiyada gaz xabini barpo etishni izchil amalga oshirishga katta ahamiyat beramiz, – dedi Prezident.

Rossiya davlati rahbari hamkasbiga davlat rahbari faoliyatidagi mana shunday mas’uliyatli faoliyatda yangi muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va farovonlik tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!