Kursk rasmiylari 120 mingdan ortiq odam evakuasiya qilinganini ma’lum qildi, chunki Rossiya kuchlari Ukrainaning Rossiya hududiga 12 kilometr masofani bosib o‘tgan harbiy bosqiniga javob qaytarishda davom etmoqda.
Putinning aytishicha, Rossiya Ukraina qo‘shinlarini Kursk chegara hududidan «quvib chiqaradi».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan mudofaa va xavfsizlik rasmiylari yig‘ilishida Ukrainaning Kursk mintaqasiga bostirib kirishi «chegara zonasidagi vaziyatni beqarorlashtirish»ga urinish ekanini aytdi.
Putin Ukraina «loyiq javob» olishini qo‘shimcha qilib, Rossiya qo‘shinlari g‘alaba qozonishini ta’kidladi va Ukraina kuchlarini Rossiya hududidan «quvib chiqarishga» va’da berdi.
Rossiya kuchlari deyarli bir hafta davom etgan janglardan so‘ng Ukrainaning Kursk viloyatiga kutilmagan bostirib kirishiga qarshi hamon kurashmoqda. 100 000 dan ortiq tinch aholi qochgan yoki evakuasiya qilingan.
Putin, shuningdek, Ukraina operasiyasini Rossiyada jamoatchilik tartibsizliklari va beqarorlik yaratishga urinish sifatida baholadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.