Qanday mashg‘ulot sizni ko‘proq qiziqtiradi? Arzimas ko‘ringan kichik «hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg‘ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug‘ullanib o‘tishingiz mumkin.
Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan o‘qing. Ma’qul kelganini «+” bilan belgilang.
1. Menga spektaklni tomosha qilishdan ko‘ra, unda ishtirok etish yoqadi.
2. Xonaki hayvonlar boqishni yaxshi ko‘raman.
3. Hamma ishni o‘zim qilgim keladi.
4. Telefonda suhbatlashish — mening sevimli ishim.
5. Har qanday sharoitda ham o‘z fikrimda qolishga harakat qilaman.
6. Jamoada ishlashni xush ko‘raman.
7. Tabiat bilan jiddiy qiziqaman.
8. Ish kundaligimga ko‘pincha rasm chiqaman.
9. Mening yozuvim chiroyli.
10. Kuygan chiroqni oson almashtira va tuzata olaman.
11. Atrofdagilar meni optimist deb hisoblashadi.
12. Biror narsa yasashni yaxshi ko‘raman.
13. Qo‘limga ilingan har qanday texnikani kavlashtirib, ichidagi temir-tersaklar qanday joylashganini bilishga qiziqaman.
14. Ish stolim yog‘ tushsa yalagudek toza va tartibli turadi.
15. Ko‘pincha hayol surib, tasavvurimda nimalarnidir kashf qilaman.
16. Krossvordlar yechishga yaxshigina qobiliyatim bor.
17. Devorga u – bu narsa osish uchun birovga yalinib o‘tirmayman. Mix va bolg‘ani o‘zim ham bemalol ishlata olaman.
18. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan sport turlari ko‘proq e’tiborimni tortadi.
19. Aniq fanlar — men uchun.
20. Insonlarga yordam berish uchun yaralganman.
21. Menda biror muammo paydo bo‘lsa, maslahat so‘rashdan tortinmayman.
22. Imkon qadar mustaqil bo‘lishga harakat qilaman.
23. Hech kimga tobe bo‘lmay ishlashni ma’qul ko‘raman.
24. Menga nafas siqadigan xonada emas, tabiat qo‘ynida bo‘lish ko‘proq yoqadi.
25. Maktabda boshqa fanlarga qaraganda biologiyadan yaxshi o‘qirdim.
26. Meni olifta deb hisoblashadi.
27. Hech kimga aytolmagan fikrlarimni kundalikka tushiraman.
28. Siyosiy arbob bo‘lishni orzu qilaman.
29. Ensiklopediya o‘qish — sevimli mutolaam.
30. Ko‘pincha atrofdagilarga maslahat beraman.
L H P A K
2 1 24 25 28
4 26 12 16 22
6 15 17 29 30
18 11 3 7 5
20 8 19 13 14
21 27 23 10 9
Sizga manzur bo‘lgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. So‘ng qaysi ustundagi sonlar ko‘proq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shug‘ullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.
L – siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda bo‘lishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb ta’rif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. O‘shandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim o‘rin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, o‘qituvchi, jurnalist.
H – didingiz nozikligi hammaga ma’lum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli ko‘rilmagan g‘oyalar g‘ij-g‘ij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib o‘tirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, san’atkor, vizajist.
P – biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida o‘lchab ko‘rmaguncha ko‘nglingiz joyiga tushmaydi. Yo‘lingizda nimaiki uchrasa, uni san’at asariga aylantirishga intilasiz. Qo‘lingizga tushgan har qanday narsa g‘aroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qo‘ynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda ko‘proq bo‘lishingizga imkon beradigan soha — toza havoda ko‘proq bo‘lishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qo‘llaringizni istagancha ishga soling.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, inter’er bo‘yicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener.
A — har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. To‘g‘ri-da, necha marta qo‘lingizga tushgan buyumlarni ochib ko‘rib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech xijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va noma’lum narsalar o‘ziga ohanraboday tortadi.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi.
K — sizda yetakchi bo‘lishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki o‘quv komitetining raisi bo‘lgandirsiz. Atrofdagilarga ta’sir o‘tkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yo‘l – rahbarlik.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.
Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.
"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.
Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.
АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.
АҚШ иммиграция назорати хизматининг маълум қилишича, Италия фуқароси бўлган Хаби Лейм апрель ойидан бери мамлакат ҳудудида визада белгиланган муддатдан ортиқ қолган.
Блоггер 30 апрель куни АҚШга кирган ва унинг визаси муддатидан ошиб кетган. 25 ёшли Италия фуқароси 6 июнь куни қўлга олинган, бироқ ўша куниёқ қўйиб юборилган: у ўз ихтиёри билан мамлакатни тарк этишга рухсат олган. Лейм ижтимоий тармоқларда воқеага изоҳ бермади.
Ғазонинг Tal ал-Султон ҳудудида гуманитар ёрдамга келган фаластинликларга қарата ўқ узилди. Бу сафар Исроил ҳарбийлари эмас, балки номаълум қуролланган маҳаллий шахслар ҳам отишмада қатнашгани гувоҳлар томонидан тасдиқланди.
Украинада катта газ захиралари борлиги анча вақтдан бери маълум. Британиянинг The Telegraph нашри мамлакатнинг сланец гази ишлаб чиқариш орқали Европа бозорида янги инқилобга олиб келиши мумкинлигини таъкидлади. Бироқ бу режалар амалда фақат уруш тугагандан кейингина амалга ошиши мумкин.
БМТнинг янги ҳисоботига кўра, глобал миқёсда туғилиш даражалари кескин пасаймоқда. Бунга асосий сабаблар сифатида ота-она бўлиш харажатларининг ортиши ва муносиб турмуш ўртоқ топишдаги муаммолар кўрсатилмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трамп буйруғига биноан, Калифорниядаги ҳарбий базага қарашли 700 нафар денгиз пиёда аскарлари Лос Анжелесдаги намойишларга қарши ҳаракатларда миллий гвардия сафига қўшилди. Бу қарор губернатор ва шаҳар ҳокимияти розилигисиз қабул қилинди.