Prezidentning 17 yoshli nabirasi o‘zidan 13 yosh katta sevgilisiga turmushga chiqmoqda

Prezidentning 17 yoshli nabirasi o‘zidan 13 yosh katta sevgilisiga turmushga chiqmoqda

Rossiya Federasiyasining sobiq prezidenti Boris Yelsinning 17 yoshli nevarasi Mariya Yumasheva "Lokomotiv" hujumchisi, rossiyalik futbolchi Fedor Smolovga turmushga chiqmoqda, deb xabar beradi 7days.ru.

“30 yoshli futbolchi Boris Yelsinning nabirasi bilan bo‘lgan munosabatini tasdiqlaganidan bir necha kun o‘tgach, ma’lum bo‘ldiki, ularning munosabatlari kecha yoki bir yil oldin boshlanmagan. Sportchi qizning o‘sib-ulg‘ayishini sabr bilan kutgan va unga o‘z taklifini bildirganidan keyin his-tuyg‘ularini ochiqchasiga tan olgan”, deydi manba.

Hozirda esa Fedor va Mariya bir necha haftadan buyon Karib dengizida bo‘lib, ta’til fotosuratlari bilan bo‘lishishmoqda.

Juftlik kelgusi yil Mariya 18 yoshga to‘lganida to‘y qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!