Prezident: «Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davom etamiz»

Prezident: «Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davom etamiz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi.

«Hammamiz guvohmiz, 2020 yil butun dunyo qatori yurtimiz uchun ham og‘ir va murakkab keldi. Koronavirus pandemiyasi, global inqiroz insoniyatni jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yilda mamlakatda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

«Xalqimizning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat beramiz. Aziz yoshlarimiz, mehnatkash va oqila opa-singillarimiz, muhtaram keksalarimizning hayotiy manfaatlarini ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!