Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi

A A A
Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi

Barcha hududlarda yozilgan iftorlik dasturxonlariga nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand yurtdoshlar, jami 60 ming nafarga yaqin kishi taklif qilingan.

Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning «Ko‘ksaroy» qarorgohida o‘tkazilgan iftorlik marosimidagi nutqi matnini keltirdi.

Bismillahir rahmonir rahim.

Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar!

Qadrli mehmonlar!

Ciz, azizlarni, butun xalqimizni, uzoq-yaqindagi jamiki musulmon ummatini davom etayotgan muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va farovonlik yor bo‘lishini tilayman.

Ushbu sharofatli oyda go‘zal diyorimizda mana shunday fayzli iftorlik marosimini el-yurtimiz bilan birgalikda o‘tkazish nasib etgani uchun mehribon va qudratli Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi davramizda ishtirok etayotgan hurmatli mehmonlarimizga – xorijiy davlatlarning elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillariga, diniy konfessiyalar rahbarlariga Vatanimiz va xalqimizga ko‘rsatayotgan yuksak ehtirom va e’tiborlari uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Aziz do‘stlar!

Cizlarga ma’lumki, so‘nggi yillarda milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Bu borada “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya bizning faoliyat dasturimizga aylanmoqda. Shu asosda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash ijtimoiy hayotimizda yetakchi o‘ringa chiqmoqda.

Fuqarolarimizning vijdon erkinligi sohasidagi konstitusiyaviy huquqlari to‘liq ta’minlanayotgani bu yil Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar – ahillik va hamjihatlik, mehr-saxovat, sabru qanoat, axloq-odob, ilmu ma’rifat fazilatlari jamiyatimizda tobora mustahkam bo‘lib bormoqda. Xususan, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur o‘rganish, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, ulug‘ allomalarimizning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Islom sivilizasiyasi markazi O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan ulkan ilmiy-ma’naviy loyiha sifatida mamlakatimiz va xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ushbu markaz necha ming yillik taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassam etib, islom sivilizasiyasi yurtimizda aynan ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat asosida rivojlanganini tasdiqlaydi. Bu maskan biz uchun nafaqat o‘tmish yodgorligi sifatida, balki xalqimiz, yoshlarimizni kelajak sari chorlashi, buyuk kashfiyotlarga ruhlantirishi bilan ayniqsa e’tiborlidir.

Xabaringiz bor, ulug‘ vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning Samarqandda barpo qilinayotgan muazzam majmuasi qurilishi ham jadal davom ettirilmoqda. Bu yerda buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan muzey va ilmiy dargohlar bilan birga, 10 ming kishilik masjid ham bunyod etilmoqda.

Nasib etsa, bu yil ana shu ikki muhtasham obidani – Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimini barchamiz birgalikda tantanali ravishda o‘tkazamiz.

Xalqimizning islom dini va falsafasiga qo‘shgan bebaho hissasini yanada teran o‘rganish maqsadida yaqinda yana bir muhim qaror qabul qildik.

Bu yil mutafakkir ajdodimiz, kalom ilmining buyuk peshvolaridan biri bo‘lmish Imom Moturidiy hazratlari tavalludining 1155 yilligini keng nishonlaymiz. Jumladan, ul zotning Samarqanddagi muborak qadamjolari yanada obod qilinadi.

Eng muhimi, bu ishlarimiz Imom Moturidiy merosi va moturidiylik ta’limotini yurtimiz va xorijiy olimu ulamolar bilan hamkorlikda ilmiy asosda o‘rganishda yangi va katta qadam bo‘ladi.

Hurmatli do‘stlar!

Ko‘pmillatli jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni kuchaytirish vazifasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning sentyabr oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida nufuzli xalqaro anjuman o‘tkazamiz. “Deklarasiyalar muloqoti forumi” deb nomlangan bu yirik tadbir 2022 yili Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tgan anjumanning mantiqiy davomi bo‘lib, turli diniy e’tiqod vakillari o‘rtasida o‘ziga xos ma’rifiy muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Shu o‘rinda yana ta’kidlab aytmoqchiman: mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik – bizning eng katta boyligimizdir.

Ana shu beqiyos boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash, yurtimizdagi do‘stlik, tenglik, bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni bundan buyon ham qat’iy davom ettiramiz. Buning uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar etamiz. Bu masala hozirgi murakkab davrda biz olib borayotgan erkinlik va ochiqlik siyosati uchun ayniqsa o‘ta muhimdir.

Muhtaram yurtdoshlar!

Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi

Yangi O‘zbekiston yangicha ustuvor tamoyillarga, jumladan, Konstitusiyamizda aniq belgilab qo‘yilgan ijtimoiy davlat maqomiga ega bo‘lib, xalqchil va insonparvar siyosat olib bormoqda.

Shu borada birgina misol keltirishga ijozat bergaysiz. O‘tgan yilning o‘zida ko‘makka muhtoj insonlarga 16 trillion so‘mlik moddiy yordam va nafaqalar berildi. Kam ta’minlangan oilalarga mansub 51 ming nafar bola bog‘chaga joylashtirildi, ularning 176 ming nafar a’zosiga tibbiy ko‘mak ko‘rsatildi, 182 ming nafari esa ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olindi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 94 mingga yaqin kam ta’minlangan oilalarga davolanish, oziq-ovqat, kiyim-kechak, kommunal to‘lovlar bilan bog‘liq 130 milliard so‘mlik xarajatlar qoplab berildi.

“Ayollar daftari” doirasida 3,5 million nafar opa-singillarimizga 5 trillion 700 milliard so‘mlik yordam ajratildi.

“Yoshlar daftari” joriy etilganidan buyon 1 million 300 ming nafar ehtiyojmand yoshlarga 1 trillion 700 milliard so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Eng asosiysi, bu ishlarimiz izchil davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi

Qadrli marosim ishtirokchilari!

Yangi O‘zbekistonning ustuvor xususiyatlaridan yana biri – bu “yashil taraqqiyot” yo‘lidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi ekologik makon barpo etilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi aynan shu maqsadga qaratilgan.

“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan joriy yilda amalga oshirilayotgan davlat dasturi ham bu borada muhim qadam bo‘lmoqda.

Yaqinda Xiva shahrida ilk bor kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan Konfessiyalararo kengash majlisida yurtimizdagi diniy konfessiyalar vakillari mazkur davlat dasturida faol ishtirok etishga qaratilgan murojaatnoma qabul qildilar.

Albatta, jamiyatimizdagi ezgu ishlarda hurmatli din peshvolari, ulamo va nuroniylarimiz, keng jamoatchiligimiz faol ishtirok etayotganini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

Bu yil “Yashil makon” loyihasi doirasida bahor mavsumining o‘zida diniy soha xodimlari tomonidan 10 ming tupdan ziyod daraxt, 32 ming tupga yaqin gul ekilgani, masjid va ziyoratgohlarda 25 gektar yer obod qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Yurtimiz hojilarining ham ko‘plab xayrli ishlarda shaxsiy namuna ko‘rsatib, o‘rnak bo‘layotganlari albatta barchamizni xursand qiladi.

O‘tgan yili muftiy Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida hojilarimiz “Yangi O‘zbekiston fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan tashabbusni ilgari surgan edilar. Shu kunga qadar ularning tashabbusi bilan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga 6 milliard 300 million so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bunday savobli ishlari uchun ularga barchamiz chin ko‘ngildan tashakkur aytamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi

Muhtaram vatandoshlar!

Hozirgi kunda dunyodagi vaziyat o‘ta qaltis va murakkab bo‘lib borayotganini hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz.

Afsuski, aksariyat ziddiyat va mojarolar aynan islom dunyosida sodir bo‘layotgani barchamizni chuqur tashvishga solmoqda.

Notinchlik o‘choqlari istalgan paytda kengayib, butun-butun mintaqalarga yoyilib ketish xavfi tobora ortib bormoqda.

Musulmon mamlakatlarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun birdamlik va islom ummati hamjihatligini yanada mustahkamlash har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

E’tiborimiz markazida turishi kerak bo‘lgan yana bir masala – bu yoshlarimizning qalbi va ongini zaharlashga, hayotini izdan chiqarishga qaratilgan ko‘plab tahdidlar bilan bog‘liq.

Farzandlarimizni ilm-ma’rifatga targ‘ib etish, yot g‘oyalar ta’siridan saqlash borasida hurmatli imom-xatiblarimiz, ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxonlarimiz, mahalla faollari, hojilarimizning o‘rni beqiyos, albatta.

Barchamiz sizlarning ushbu yo‘nalishda olib borayotgan faoliyatingizni yuksak qadrlaymiz.

Buyuk Bahouddin Naqshband bobomizning “Qo‘ling mehnatda, diling Allohda bo‘lsin”, degan o‘gitlari hammamizning hayotiy e’tiqodimizga aylanib ketgan.

Yoshlarimizni mana shunday ruhda tarbiyalashda ularni mehnat va kasbga o‘rgatish juda muhim ahamiyatga ega.

Shu ma’noda, hurmatli nuroniylarimiz, mahalla faollari, mirishkor fermerlarimiz, tadbirkorlarimiz yoshlarni halol mehnat qilib, oilasi va yurt farovonligi yo‘lida tinimsiz izlanib yashashga o‘rgatadilar, deb ishonaman.

Hurmatli do‘stlar!

Ushbu fazilatli oy davomida yurtimizdagi 9,5 mingga yaqin mahallada kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarda iftorlik dasturxonlari yozilib, xayr-saxovat ishlari amalga oshirildi.

Joylardagi bu tadbirlarda muftiy hazratlari va imom-xatiblarimiz ham xonadonma-xonadon yurib, faol ishtirok etishdi.

O‘ylaymanki, “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida o‘tkazilgan bunday xayrli marosimlar inson qadrini ulug‘lash, pok maqsadli barcha yurtdoshlarimizni yanada birlashtirishga xizmat qiladi.

Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yaxshilarning ishi – yaxshilik qilishdir”. Chindan ham, bu hayot aynan ezgulik va yaxshilik tufayli doimo yorug‘ va bardavomdir.

Shu bois ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan muborak Ramazon oyida, Laylatul qadr kechasi arafasida turib, yurtimizda, butun dunyoda tinchlik va farovonlik, mehr-oqibat barqaror bo‘lishini so‘rab duolar qilamiz.

Iloyim, hayotimiz doimo mana shunday munavvar, fayzli va barakali bo‘lsin!

Duogo‘y otaxon va onaxonlarimiz sog‘-omon bo‘lsinlar!

Mehribon opa-singillarimiz, aka-ukalarimiz yonimizda doimo tog‘dek tayanch bo‘lib tursinlar!

Farzandlarimiz bilimli, kasb-hunarli, azmu shijoatli yoshlar bo‘lib, Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etsinlar!

Yurtimiz tinch, mehnatkash, olijanob xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Bosh vazir qanday tayinlanadi va ishdan olinadi?

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан тақдим этилган Ўзбекистон Республикаси Бош вазири номзодини тақдимнома киритилган кундан эътиборан ўн кун ичида кўриб чиқади.

Zelenskiy: "Rossiya Ukrainaga "Oreshnik" gipertovushli raketasi bilan zarba berishga tayyorlanmoqda"

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский ижтимоий тармоқ саҳифасида Украина, АҚШ ва Европадан келган разведка маълумотларига таяниб ёзди.

Evropaning yirik davlatlari Ukrainaga yordam bo‘yicha yangi taklifni rad etdi

Буюк Британия ва Франция расмийлари НАТОга аъзо давлатлар ЯИМнинг 0,25 фоизини Украинани қўллаб-қувватлашга сарфлаш ғоясига қарши чиқди.

Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди