Prezident qarori
O‘q otish sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari tizimli tashkil etib boriladi
“O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-381-son, 04.11.2024) qabul qilindi
🏢 Qarorga ko‘ra, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga o‘q otish sport bazalarini tashkil etiladi hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlanadi.
🎓 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: o‘q otish va stenddan o‘q otish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
➡️Shuningdek, o‘q otish sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning trenerlari, seleksionerlari, hakamlari va boshqa mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslari o‘tkazib boriladi.
🔰2025 yildan boshlab har yili::
➖harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘q otish sport turlari bo‘yicha “Mergan” kubogi;
➖o‘q otish sport turlari bo‘yicha belgilangan yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkaziladi.
❗️Tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich o‘q otish sport turlari bo‘yicha sport guruhlari tashkil etiladi.
📚2025/2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
🔹chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi;
🔹amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning o‘quv-moddiy bazasidan foydalaniladi.