Prezident: «Hayotimizda bosma nashrlarning ham o‘z o‘rni bor»

Prezident: «Hayotimizda bosma nashrlarning ham o‘z o‘rni bor»

«O‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, bilim va mahoratini oshirishi uchun qo‘shimcha metodik yordamni qayerdan oladi? Albatta, bu sohaga oid kitob va qo‘llanmalardan, maxsus pedagogik nashrlardan oladi. Afsuski, biz keyingi yillarda majburiy obuna bahonasida ixtiyoriy obunani ham yo‘q qildik. Albatta, bu birovlarga yoqmaydi. 

Xalq ta’limi vaziri zamonaviy,  «axborot texnologiyalari bor, jurnalam kerak emas, gazeta ham kerak emas», deganini ko‘p eshityapman muloqotlarda. Bu noto‘g‘ri yo‘nalish. Hamma narsaning o‘z o‘rni bor. Kompyuterning ham o‘z o‘rni bor, jurnalning ham o‘rni bor, gazetaning ham o‘rni bor. Boshqacha yo‘lni tutish hozircha mumkin emas. Biz unga tayyor emasmiz. 

Shunday ayanchli holga keldikki, hatto ayrim rahbarlar gazeta o‘qimasligi bilan maqtanadigan bo‘lib qoldilar. «Mening kompyuterimda hamma narsa bor, mening telefonimda hamma bor», deb. Yo‘q, gazeta ham, jurnallar ham o‘qish kerak, bu — zamon talabi. O‘qituvchi o‘zining ijobiy ta’limini, bilimini, metodikasini yozishi kerak, muhokama qilishi kerak.

O‘zingiz bilasiz, dunyoda kompyuter texnologiyalari eng rivojlangan davlatlardan biri bu – Yaponiyadir. Lekin ushbu mamlakatda kuniga 3-4 million nusxada nashr etiladigan gazetalar borligiga nima deysiz? Aytmoqchimanki, hayotimizda radio-televideniye, Internet bilan birga bosma nashrlarning ham o‘z o‘rni bor.

Bugungi kunda bosma nashrlarni ta’lim muassasalariga, o‘qituvchi-professorlarga yetkazib berish ham jiddiy muammoga aylangan. Chunki bu borada matbuot tarqatish va pochta tizimining faoliyati mutlaqo talabga javob bermaydi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bosma matbuot nashrlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususan, maktab va oliygohlarni pedagogik faoliyat uchun zarur nashrlar bilan ta’minlash, ularning kutubxonalarini o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin», — Prezident Shavkat Mirziyoyev. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!