Portugaliyada YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bog‘ yonmoqda

Portugaliyada YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bog‘ yonmoqda

Portugaliyaning markaziy qismida 6 avgust kuni sodir bo‘lgan yong‘in YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Serra-da-Eshtrela bog‘idagi noyob o‘rmonni yo‘q qildi, deya xabar berdi Euronews.

Portugaliya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Serra-da-Eshtreladagi yong‘in Portugaliyada joriy yilning yozida sodir bo‘lgan eng yirik yong‘in bo‘lib, taxminan 15 ming gektar maydonni vayron qilgan.

Portugaliyadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari yonayotgan joydan 300 km uzoqlikda joylashgan Ispaniya poytaxti – Madridga ham yong‘in hidi yetib keldi.

Bu yil o‘zgacha qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan Portugaliyada iyul oyi bir asrning eng issiq oyi bo‘ldi.

Tabiat va o‘rmonlarni muhofaza qilish institutining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon 81 ming gektarga yaqin maydon yonib ketgan, bu 2017 yilda yuz bergan va 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan halokatli yong‘inlardan keyingi eng kattasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!