Pompeo Eronni “Al-Qoida”ga aloqadorlikda ayblamoqchi

Pompeo Eronni “Al-Qoida”ga aloqadorlikda ayblamoqchi

AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda bugun Eronni “Al-Qoida” guruhi bilan aloqalarda ayblamoqchi. 

Bu haqda Reuters agentligiga tayanib "Azon.uz" xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Pompeo Eronni “Al-Qoida”ni qo‘llab-quvvatlash va uning a’zolariga boshpana berishda ayblaydi. Shuningdek, u o‘tgan yilning avgustida “Al-Qoida” yetakchilaridan birining yo‘q qilinishi bilan bog‘liq tafsilotlarni ham oshkor etishi mumkin. 

Yaqinda The New York Times gazetasi AQSh maxsus xizmatlari rejasiga muvofiq “Al-Qoida” yetakchilaridan biri Abdulloh Ahmad Abdulloh 2020 yilning avgustida Eronda yo‘q qilingani haqida xabar tarqatgan edi. Abdulloh Amerikaning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida terakt uyushtirishda ayblangan. Aytilishicha, uni AQSh nomidan Isroil maxsus xizmati xodimlari o‘ldirgan.  

AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida 1998 yilda terakt yuz bergan, buning oqibatida 224 kishi halok bo‘lgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!