Polsha rus josuslari tarmog‘ini yo‘q qilganini e’lon qildi

Polsha rus josuslari tarmog‘ini yo‘q qilganini e’lon qildi

Polsha razvedka idoralari Rossiya uchun ishlayotgan josuslik tarmog‘ini zararsizlantirdi, deb xabar bermoqda RMF Ichki xavfsizlik agentligiga tayanib. Sharqiy chegaradan olti nafar xorijlik temir yo‘lda qo‘poruvchilik tayyorlashda gumon qilinib, qo‘lga olingan.

Razvedka idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, josuslar eng muhim yo‘nalishlarga tasvirni internetga uzatuvchi yashirin kameralar o‘rnatgan. Ular Ukrainaga jo‘natilishi mo‘ljallangan qurollar va o‘q-dorilar ortilgan Yasenka aeroporti yaqinidagi temir yo‘l uchastkalaridagi harakatlanishlarni qayd etgan.

Ayg‘oqchilarni qo‘lga olish operasiyasi munosabati bilan Polsha xizmatlari va polisiyasi xodimlari yuqori shay holatga keltirildi. Muhim infratuzilma ob’ektlarining xavfsizligi ham kuchaytirildi.

Harbiy aksilrazvedka xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Masey Matisyakning fikricha, birinchi navbatda Rossiya Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar koalisiyasi qanchalik ko‘pligini baholash uchun Ukrainaga G‘arbdan kirayotgan texnikalar soni va turi haqida ma’lumot olishga urinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!