Polsha davlat kompaniyasi Eronga dronlar uchun ehtiyot qism sotganlikda ayblanmoqda

Polsha davlat kompaniyasi Eronga dronlar uchun ehtiyot qism sotganlikda ayblanmoqda

Polsha davlat kompaniyasi Eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarida ishlatilgan qismlarni sotganlikda ayblanmoqda. Bu haqda payshanba kuni Polshaning Radio Zet xususiy radiostansiyasi xabar berdi. Axborot manbalari nomi aytilmagan, ammo prokuratura bu masalani 2022 yildan beri tekshirib kelmoqda.

Qayd etilishicha, Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Eron Rossiyaga minglab Shahed-136 kamikadze dronlarini yetkazib bergan. Ular Ukraina havo mudofaasini yo‘q qilish va front chizig‘idan uzoqda joylashgan infratuzilmaga zarba berish uchun ishlatilgan.

Polsha prokuraturasi Reuters agentligiga elektron pochta orqali Polsha ikki tomonlama mahsulotlarning "Taraqqiyot va texnologiyalar vazirining qonuniy ruxsatisiz" eksport qilinishini tekshirishayotganini tasdiqlagan. Biroq Eron tilga olinmagan.

Polsha NATO a’zosi bo‘lib, avvalgi millatchi hukumat davrida ham, Donald Tuskning hozirgi Yevropaparast ma’muriyati davrida ham Ukrainaning eng katta qo‘llab-quvvatlovchilaridan biri bo‘lgan.

Radio Zet ma’lumotlariga ko‘ra, Sanoatni rivojlantirish agentligiga tegishli Polsha kompaniyasi Eron dronlarida keyinchalik qo‘llanilgan yoqilg‘i nasoslarini sotgan.

Radiostansiyaning ta’kidlashicha, WSK Poznan Eronning qishloq xo‘jaligi traktorlari ishlab chiqaruvchi Motorsazan kompaniyasiga ehtiyot qismlarni sotgan. Ammo nasoslar Eronning harbiy uchuvchisiz uchish apparatlariga o‘rnatilgan va keyinchalik Rossiya tomonidan sotib olingan.

Mazkur masala Milliy xavfsizlik agentligi (ABW) tomonidan tekshirilgan va bu haqda prokuratura xabar bergan, deyiladi xabarda.

Davom etayotgan tergov doirasida kompaniyaning o‘sha paytdagi bosh direktori tegishli ruxsatsiz strategik mahsulotlarni sotishda ayblangan va 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!