Polsha Belarus bilan chegaradagi askarlari sonini 6 mingdan 17 mingga oshirdi

Polsha Belarus bilan chegaradagi askarlari sonini 6 mingdan 17 mingga oshirdi

Polsha hukumati «Xavfsiz Podlasie » operasiyasi doirasida Belarus bilan chegara yaqinidagi harbiy xizmatchilar sonini 6 mingdan 17 ming kishiga oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda TVP info.

Bu operasiya 1 avgustdan boshlanadi. Askarlar avvaliga ikki oylik tayyorgarlikdan o‘tadi, so‘ngra olti oy chegarada xizmat qiladi.

17 ming harbiy xizmatchidan 8 ming nafari chegarani qo‘riqlaydi, yana 9 ming nafari zaxirada qoladi. Agar kerak bo‘lsa, zahiradagi qo‘shinlar 48 soat ichida chegarada bo‘ladi, dedi Polsha Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari Pavel Beyda 10 iyul kuni Varshavadagi matbuot anjumanida.

«Xavfsiz Podlasiye» operasiyasi «Sharq qalqoni» tashabbusi, Polshaning mudofaa dasturining bir qismi bo‘lib, Belarus va Rossiya bilan chegaralarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Chegarani mustahkamlash deganda chegara qo‘shinlari va qo‘shimcha chegara vositalarini to‘plash tushuniladi. Dastur 2024 yil may oyida ishga tushirilgan. Rasmiylar uni 2,6 milliard dollarga baholagan.

«O‘ta qora stsenariyda Sharq qalqoni bizga dushmanni qaytarishga imkon berishi kerak», dedi Polsha milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezari Tomchik. Uning ta’kidlashicha, «Polshaning sharqiy chegaralari ham Yevropa Ittifoqi va NATOning chegaralaridir», shuning uchun respublika loyihaning bir qismini moliyalashtirish bo‘yicha Evropa investisiya banki bilan muzokaralar olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!