Politico: AQSh maxfiy hujjatlar oshkor qilinganidan keyin ittifoqchilarni tinchlantirishga harakat qilmoqda
Pentagonning maxfiy hujjatlari keng miqyosda oshkor etilishidan so‘ng, AQShning yuqori martabali amaldorlari sarosimaga tushgan ittifoqchilarni - Yevropadan tortib, Yaqin Sharq va Kiyevgacha bo‘lgan davlatlarni tinchlantirishga harakat qilmoqda, deb yozadi Politico.
O‘tgan hafta fosh bo‘lganidan so‘ng, AQSh razvedkasi, Davlat departamenti va Pentagonning yuqori martabali mulozimlari razvedka ma’lumotlari haqidagi xavotirlarni yo‘qotish uchun boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan bog‘lanishdi, dedi nashrga turli mamlakatlardan to‘rt nafar rasmiy.
London, Bryussel, Berlin, Dubay va Kiyev rasmiylari Vashingtonga maxfiy ma’lumotlarning internetda qanday paydo bo‘lganligi, sizib chiqishi uchun kim mas’ul ekanligi va ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanishi uchun AQSh nima qilayotgani haqida savollar bera boshladi.
Ular, shuningdek, Oq uy kelgusida razvedka ma’lumotlari tarqalishini cheklash choralarini ko‘ryaptimi yoki yo‘qligi bilan qiziqmoqda.
Ma’lumotlarning oshkor etilishi AQShning ittifoqchilar bilan munosabatlarida inqirozga olib keldi va Vashington vaziyatni qanday tuzatishi hali aniq emas, ko‘pchilik buni WikiLeaks veb-saytida maxfiy hujjatlar e’lon qilinganidan beri Amerika razvedkasining eng katta muvaffaqiyatsizliklaridan biri deb ataydi.
«Uning oshkor etilishi va hujjatlarning mazmuni juda g‘ayrioddiy», dedi Rossiyani yoritgan AQSh razvedkasining sobiq tahlilchisi Politicoga.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.