Pogba «MYu»da Mourinyo bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi

Pogba «MYu»da Mourinyo bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi

Pol Pogba «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi.

«Hammasi jarohat olganimdan keyin boshlandi. Men Mayamiga borib, u yerda tiklanishga qaror qildim. Ba’zilar meni xotinim bilan suratga olishdi. Mourinyo bu rasmni agentim Rayolaga yubordi. Bu menga yoqmadi. Umuman yoqmadi.

Mourinoga aytdim: «Jiddiy narsami? Men jarohat oldim, lekin kuniga 3 marta mashg‘ulotlarga kelaman. Boshqa o‘yinchilar kabi emasman.

Pogba «MYu»da Mourinyo bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi

Men uchun bu yangi holat edi. Murabbiy bilan muammolarga o‘rganmaganman. Ammo ertaga Mourinyo bilan uchrashsam, u bilan birga kulardim. Undan xafa emasman», — dedi yarimhimoyachi Amazon Prime'dagi The Pogmentary hujjatli filmida.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli fransuz erkin agent sifatida «MYu»ni tark etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!