Piskent tumanida imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Piskent tumanida imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.A.” va “Y.C.” MCHJ rahbarlari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ushbu MCHJlarga ajratilgan jami 500 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!