Peruda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi

Peruda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi

Peruda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Peruning Arekipa mintaqasidagi Karaveli shahrida bo‘lgan.

Er silkinishlari 19 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Peru Geofizika Instituti xabar berishicha, zilziladan keyin Panamerikana shossesining ayrim uchastkalarida ko‘chkilar sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar milliy markazi o‘z navbatida X ijtimoiy tarmog‘ida zilzila ta’lim muassasasiga zarar yetkazganini, biroq qurbonlar va vayronalar yo‘qligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!