Pentagon Ukrainaga ma’lumot uzatishni to‘xtatdi

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Nashr manbalariga tayanib, AQShdan Ukrainaga uzatilayotgan ma’lumotlar bilan bog‘liq tafsilotlar, shuningdek, Kiyevda mavjud muqobil ma’lumot manbalari va bu holat qancha davom etishi mumkinligi haqida yozdi.
"Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligidan ma’lumotlar yetkazilishi butunlay uzildi. Asosan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yetib kelmayapti. Biroq buning unchalik darajada muhim emas, chunki shunga o‘xshash tasvirlarni Yevropa sun’iy yo‘ldoshlari orqali olish mumkin", — deya ma’lum qildi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Valeriy Kondratyuk.
"Ukrainada Markaziy razvedka boshqarmasining (CIA) sezilarli darajada ishtiroki bor. Ayrim CIA xodimlari Ukraina harbiy bazalarida ishlaydi va dushman nishonlarini aniqlashda yordam beradi. Ular CIA ma’lumotlar bazasiga kirish huquqiga ega va ularni ukrainaliklar bilan bo‘lishishi mumkin", deya aniqlik kiritdi NYT.
Gazetaning qayd etishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Ukrainaga kamida uchta maxfiy elektron razvedka bazasini qurishda yordam bergan. Ushbu inshootlar hozir ham faoliyat yuritmoqda va Ukraina armiyasining Qo‘shma Shtatlar razvedka ma’lumotlariga qaramligini kamaytirishga yordam bermoqda.
The New York Times suhbatdoshlarining aytishicha, ma’lumot yetkazib berishdagi tanaffus uzoq davom etmaydi va uning real ta’siri minimal bo‘ladi.
Tramp ma’muriyatidagi manbalardan biri dastlabki reja bo‘yicha Kiyevga razvedka ma’lumotlari berilishidagi to‘xtalish bir yoki ikki hafta davom etishi rejalashtirilganini aytgan.