Pensiyalar oshiriladi, yordamga muhtoj aholi qatlamlari qo‘llab-quvvatlanadi — yangi farmon e’lon qilinishi kutilmoqda

Pensiyalar oshiriladi, yordamga muhtoj aholi qatlamlari qo‘llab-quvvatlanadi — yangi farmon e’lon qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, prezidentning yangi farmonida «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilanmoqda.

Farmonda 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirish, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini oshirish, moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi sonini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!