Pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun 4 214 mlrd so‘m Xalq banki hisob raqamlariga moliyalashtirib berildi - Pensiya jamg‘armasi

Pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun 4 214 mlrd so‘m Xalq banki hisob raqamlariga moliyalashtirib berildi - Pensiya jamg‘armasi

Prezident farmoniga muvofiq 1 maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 %ga oshirildi.

Pensiya jamg‘armasi respublika bo‘yicha may oyi uchun to‘lov qaydnomalari muddatidan oldin, ya’ni 30 aprelda shakllantirilib, tijorat banklari va Xalq bankiga yetkazdi.

Shuningdek, may oyi pensiya va nafaqa to‘lovlarini amalga oshirish uchun jami 4 214 mlrd so‘m mablag‘ 30 aprel sanasida Xalq banki va tijorat banklarining hisob raqamlariga moliyalashtirib berilishi ta’minlandi.

Bunda, bank plastik kartalari orqali oluvchi fuqarolarga pensiya va nafaqa pullari 30 aprel sanasidan boshlab bank yuklab berish boshlangan hamda to‘lovlarni naqd shaklda oluvchi fuqarolarga Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 3 may sanasidan ularning yashash manzillari va mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazib berish ta’minlandi, deb xabar qildi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!